Muhiddin Xudoyorov: “Jamoa g'alabasi shaxsiy rekordlardan ustun turadi”

Narzulla Saydullayev
18 apr 2016
“Buxoro” - “Andijon” jamoalari uchrashuvi (5:2) so'ngida, buxoroliklar darvozaboni Muhiddin Xudoyorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin juda qiziqarli bo'ldi. To'rt o'yindan buyon gol o'tkazmayotgan edim. Afsuski ushbu “quruq” seriya shu o'yinda yakuniga etdi. Ammo bu futbol. Hech narsaga mutloq erisholmaysan. Eng asosiysi jamoamiz chiroyli o'yinda chiroyli g'alabaga erishdi. Bu mening shaxsiy rekordimdan ancha ustun va muhimdir. Jamoadoshlarim maydonda fantastik o'yin namoyish etishdi. Muxlislarning daldasi esa undan-da ortiq bo'ldi. Buning uchun muxlislarga rahmat aytaman, - deydi darvozabon.

“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia