Suhayl Muhiddin: "Ukrainaga qarshi o'yinga tayyor emasdik"

Оқил Абдубарноев
7 okt 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati 3-o'rin uchun Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:7) Fransiya terma jamoasi a'zosi Suhayl Muhiddin saytimizga intervyu berdi.

"Ukrainaga qarshi uchrashuvga etarlicha tayyor emasdik. Yakuniy natija bizni xafa qildi. O'yinimizda samaradorlik yetishmadi, shu bois mag'lubiyatga uchradik.

Mag'lubiyatga charchoq ham o'z ta’sirini o'tkazdi. Biz qo'ldan kelgancha o'ynadik. Kelgusi jahon chempionatida yanada kuchliroq bo'lib qaytishga harakat qilamiz.

Turnir unutilmas taassurot qoldirdi, ayniqsa, debyut o'yinimiz o'zga hissiyot baxshida etdi. Biz uchun yaxshi turnir bo'ldi deya olaman. Umid qilamanki, to'rt yildan keyin hozirgidan yaxshiroq natijaga erishamiz", dedi Muhiddin.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi jahon chempionatidagi debyutida to'rtinchi o'rinni egalladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia