

"Argentinaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Uchrashuvdan oldin ular favorit hisoblanarli. Maqsadimiz bellashuv davomida diqqatni jamlash, raqibdan e'tibordan qochirmaslik edi. Afsuski, dabl-penalti rejalarimizni chippakka chiqardi. Argentinani g'alaba bilan tabriklaymiz va bor e'tiborimizni Ukraina bilan o'tadigan o'yinga qaratamiz.
Biz birinchi marotaba jahon chempionatida ishtirok etyapmiz. Bu erga kuchli terma jamoalarga qarshi tajribamizni orttirish va yaxshi natijaga erishish maqsadida tashrif buyurgandik. Bizyarim finalga chiqdik, bu katta natija. Bundan xursandmiz. Sheriklarim bilan birgalikda uchinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz", dedi Muhiddin.
Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Fransiya 3-o'rin uchun Ukraina bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.



