

"Sho'rtan"ni Superligaga chiqishida katta hissa qo'shgan Muhriddin Zoirov "temiryo'lchi"ga aylandi. Faoliyatida ilk bor Toshkent jamoasiga o'tgan Zoirov fikrlari bilan bo'lishdi. Ma'lumot uchun, hujumchi o'tgan mavsum g'uzorliklar safida 26 ta uchrashuvda 9 ta gol muallifiga aylandi. "Sho'rtan"ni Superligaga olib chiqqan gol ham uning nomiga yozildi.
"Faoliyatimda yangi sahifa ochilmoqda. Hammasi allohdan. "Lokomotiv" jamoasi meni iliq kutib oldi. Birinchi o'rinda jamoaga moslashib olishim kerak. Jamoaga qo'ldan kelgancha yordam berishni maqsad qilganman. "Sho'rtan" jamoasiga, rahbariyati, murabbiylar shtabi, muxlislarga rahmat aytaman",- deydi Muhriddin Zoirov.
Batafsil intervyuni tez orada e'tiboringizga havola qilamiz.


