

"Hozirgi kunda jamoalarning aniq darajasini baholab bo'lmaydi, chunki ko'pchilik tarkiblar yangilangan, o'yinchilar aralash. Biz esa tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Saralash uchrashuvlarigacha tayyor holatga kelamiz, deb o'ylayman.
Fikrimcha, guruhda bizdan keyingi eng jiddiy raqib - Falastin. Albatta, barcha jamoalarga omad tilayman.
Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi esa biz uchun katta ahamiyatga ega. Fransiya - Yevropaning eng kuchli top jamoasi. Bunday raqibga qarshi o'ynash orqali katta tajriba to'playmiz", - dedi O'rinboev.


