LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 2:0 (matnli translyatsiya)

11 may 2026, 00:50
La Liga 35-tur doirasidagi markaziy uchrashuv matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Barselona” - “Real Madrid” 2:0

Gollar: 9 - Markus Rashford, 18 - Ferran Torres

“Barselona”: 13. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 18. Xerard Martin, 2. Joau Kanselu, 24. Erik Garsiya, 6. Gavi (22. Mark Bernal, 77’), 8. Pedri, 20. Dani Olmo (21. Frenki de Yong, 64’), 16. Fermin Lopes, 14. Markus Rashford (11. Rafinya, 64’), 7. Ferran Torres (9. Robert Levandovski, 77’).

Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 33. Eder Aler, 3. Aleks Balde, 4. Ronald Arauxo, 23. Jyul Kunde, 42. Xavi Espart, 17. Mark Kasado, 19. Runi Barji.

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 17. Raul Asensio, 22. Antonio Ryudiger, 20. Fran Garsiya, 14. Orelen Chuameni, 5. Jud Bellingem, 6. Eduardu Kamavinga (45. Tyago Pitarch, 70’), 7. Vinisius Junior, 21. Braim Dias (30. Franko Mastantuono, 79’), 16. Gonsalo Garsiya (38. Sesar Palasios, 79’).

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 43. Serxio Mestre, 4. David Alaba, 24. Din Xyoysen, 18. Alvaro Fernandes, 35. Devid Korredor, 28. Xorxe Sestero.

Ogohlantirishlar: 40 - Eduardu Kamavinga, 52 - Raul Asensio, 52 - Dani Olmo, 55 - Jud Bellingem, 81 - Trent Aleksander-Arnold, 81 - Rafinya

82. Rafinyaning darvoza tomon tepgan to'pini Kurtua ushlab oldi.

80. So'nggi 10 daqiqalik boshlandi, kambek ko'rish ehtimolimiz juda kam, “Barsa” ham hisobni yiriklashtirishga shoshilmayapti.

74. Chuameni havolatib uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'lladi, to'p Rafinyaga tegib maydondan chiqib ketdi.

gettyimages-2274984306-2048x2048.jpg

70. Birinchi bo'limda Vinisius “Barselona” muxlislari tomon 15 bor YCHL chempionligi aks ettiruvchi qo'l harakatlarini qilibdi.

65. Vinisius yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq zarba bera olmadi, Garsiya yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'ydi.

63. Bellingem gol urgandi, biroq bu vaziyatda offsayd bo'lgan ekan.

56. Ferran yana birga-bir chiqdi, o'tkir burchakdan turib zarba berdi, Kurtuadan yana bir seyv!

gettyimages-2274985996-2048x2048.jpg

51. Maydonda janjal, ikki jamoa futbolchilari qizishib ketishdi.

48. Ferminning zarbasini belgiyalik posbon qaytardi!

48. Rashfordni to'pni o'ngdan markazga uzatdi, Kurtua qaytarib yubordi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

📊 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 55% - 45%

Darvoza tomon zarbalar - 4 - 6

Aniq zarbalar - 3 - 1

Burchak zarbalari - 1 - 4

Uzatmalar aniqligi - 92% - 88%

Seyvlar - 1 - 1

🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakuniga etdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

39. Olmoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

38. Rashford birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, Kurtua qutqardi!

33. Chuamenidan zarba, biroq yana noaniq.

26. Rashford darvoza tomon burchak tomondan turib tepdi, Kurtua qaytarib yubordi.

23. Bellingem yaxshi vaziyatga chiqib borib to'pni bo'sh turgan Vinisiusga uzatdi, biroq Erik to'pga birinchi yetib keldi.

22. Gonsalo… deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo noaniq ketdi.

19. “Real” hech nima qila olmayapti bosimga qarshi. Hujumlar deyarli yo'q.

gettyimages-2274973088-2048x2048.jpg

⚽️ 18. GOL! Ferran hisobni ikkitaga oshirdi! Olmoning super uzatmasidan so'ng Torres zarba berib, gol urdi!

13. Chuamenining bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

11. Dias markazdan kelib Vinisiusga uzatdi to'pni, uning markazga qayta pasi esa o'xshamadi.

10. Tezkor gol urdi “Barsa”, buyog'iga “Real” qo'shsa kerak. Kuzatamiz.

gettyimages-2274969481-2048x2048.jpg

⚽️ 9. GOL! Rashford hisobni ochdi! Markus jarima zarbasini aniq amalga oshirib, gol urdi!

5. Kanselu Ferminni zo'r uzatma bilan oldinga boshladi, Lopesning pasiga esa birinchi bo'lib Rashford emas, Fran yetib keldi.

2. Vinisius chapdan kirib borib darvozaga zarba berdi, biroq kuchsiz bo'ldi, Garsiya ushlab oldi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

gettyimages-2275494528-2048x2048.jpg

Uchrashuvdan avval “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flikning otasi vafoti munosabati bilan 1 daqiqalik sukut saqlandi.

gettyimages-2275494483-2048x2048.jpg

Bugun kataloniyalik muxlislar super performans yaratishdi. Futbolchilar maydonga chiqib kelishayotganda bu namoyish etildi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liga 35-tur doirasidagi markaziy uchrashuv - “Barselona” - “Real Madrid” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


Manba: championat.asia