Mourinyu "Real"ga ikkita talab qo'ydi: Mbappening taqdiri ma'lum

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 11:43
"Real" bosh murabbiyi lavozimi uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lgan Joze Mourinyu yana Madrid jamoasini boshqarishga tayyor.

“TeamTalk” xabariga ko'ra, portugaliyalik murabbiy klub rahbariyati qurmoqchi bo'lgan loyiha bilan to'liq tanishib chiqishni va unga beriladigan vakolatlar bo'yicha kafolatlar olishni istaydi.

Shuningdek, Mourinyu Kilian Mbappeni jamoadan chetlatish zarurati haqidagi shov-shuvlarga ishonmayapti. "Special one" jamoani fransiyalik futbolchi atrofida qurmoqchi.

Avval xabar qilinganidek, Mourinyuning "Santyago Bernabeu"da ishlashi bo'yicha yakuniy qaror Florentino Peresga tegishli.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TeamTalk