

Kilian Mbappe "Real"ning joriy mavsumdagi qolgan uy o'yinlarida ishtirok etishni istamayapti.
Hujumchi La Liganing 35-turi doirasida "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan El-Klasikoni (0:2) o'tkazib yubordi. Xabarlarga ko'ra, 24 apreldan beri jarohati sababli o'ynamayotgan francuz "Barselona"ga qarshi o'yindan bir kun oldin, mashg'ulot tugashiga 5 daqiqa qolganda noqulaylik sezgan. Biroq, boshqa bir talqinga ko'ra, Kilian zaxirada qolishini bilgach, mashg'ulotni tark etgan.
The Athletic nashri bergan ma'lumotga ko'ra, Mbappe mavsumning qolgan qismida "Santyago Bernabeu"dagi o'yinlarda qatnashmaslikni afzal ko'rmoqda, chunki avvalroq muxlislar uni bir necha bor hushtakbozlik bilan qarshi olishgan. Qayd etilishicha, hozirda klub hujumchining jarohatdan qachon to'liq qaytishi borasida aniq muddatni bilmaydi.
Mavsum yakuniga qadar "Real" quyidagi jamoalar bilan o'ynaydi:
"Ovedo" (14 may, uyda)
"Sevilya" (17 may, safarda)
"Atletik" (24 may, uyda)



