Mourinyu YCHLning yangi formati haqida: "O'zingiz ro'baro' kelmaydigan jamoalarga o'rningizni bo'shatib berish g'alati"

Sherzod Nurmatov
29 sen 2025
"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar Ligasining yangi formati haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashar ekan, uning afzalliklari va bahsli jihatlarini qayd etdi.

"Men hali tizim bilan tanishib chiqyapman, shuning uchun qaysi variant– eskisimi yoki hozirgisini afzal ko'rishimni aniq aytolmayman. Bu butunlay boshqacha yondashuv. Men Yevropa Ligasining o'tgan mavsumida shunga o'xshash formatga duch kelganman va tan olishim kerak, bu juda qiziqarli va innovacion.

Biroq savol paydo qiladigan jihatlar ham bor. Siz har bir jamoaga qarshi faqat bitta o'yin o'tkazasiz va darhol dilemma paydo bo'ladi: agar o'yin safarda bo'lsa, uyda o'ynash imkoniyatini afzal ko'rasiz. O'zingiz hech qachon to'qnash kelmagan klublarga turnir jadvalida joy bo'shatib berishingiz ham g'alati. Bu g'ayrioddiy va biroz mantiqsiz.

Format yangi imkoniyatlarni ham taqdim etadi – siz bir vaqtning o'zida sakkiz xil raqib bilan to'qnash kelishingiz mumkin, bu esa qiziqishni oshiradi. Bu o'zgarishlarga moslashish uchun vaqt kerak xolos", – dedi Mourinyu.

"Benfika" Chempionlar Ligasidagi navbatdagi o'yinini ertaga, 30 sentyabr kuni Londonda "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola