Morata: "Oyoqlarim biroz kichkina bo'lishi kerakmi yoki kalta?"

Mirjalol Normatov
12 noya 2020
"Yuventus" forvardi Alvaro Morata offsayd sababli bir necha gollari inobatga olinmayotgani borasida gapirdi.

"Bir yil davomida 13 golim offsayd sababli inobatga olinmadi. Xo'sh, oyoqlarim biroz kichkina yoki kaltaroq bo'lishi kerakmi? Umuman olganda offsayd sababli gollarim inobatga olinmasligidan nolishdan mano yo'q. Bu o'zimga ham dars bo'ladi. Biroz kutib, keyinchalik yuguraman", - dedi Morata.

Ushbu mavsumda Morata 5 o'yinda 2 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal