Morata Yevropani tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023
"Los-Anjeles Gelaksi" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda.

Amerika klubi ispaniyalikni yaqin kelajakdagi maqsadlaridan biri sifatida belgiladi, biroq rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan, deya xabar berdi jurnalist Matteo Moretto. 

31 yoshli futbolchi "Atletiko"dagi o'rnidan to'liq qoniqish hosil qiladi va uni tark etish niyatida emas.

Alvaro Morata joriy mavsum Diego Simeone jamoasi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uni 20 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo