Morata: "Atletiko" "Yuventus"ga qarshi qanday o'yin ko'rsatishni yaxshi biladi"

Mirjalol Normatov
12 mar 2019, 21:33
"Atletiko" forvardi Alvaro Morata YCHLning 1/8 finali doirasida "Yuventus"ga qarshi javob o'yinidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi uchrashuvda, eng asosiysi - g'alaba qozonish edi va biz buni uddaladik.  Bu "Atletiko". Biz Turinga juda yaxshi imkoniyat bilan yetib keldik. Bugungi bahsda qanday o'yin ko'rsatish kerakligini yaxshi bilamiz", - dedi hujumchi.

Ilk uchrashuvda madridliklar Xose-Mariya Ximenes va Diego Godinlarning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alabaga erishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com