Morata "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023, 18:25
Hujumchi Alvaro Morata "Atletiko" bilan yangi bitimga imzo chekdi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi yangi kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi MLSga yo'l olishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo'lgandi.

Bu mavsum 31 yoshli Alvaro barcha musobaqalarda klub safidagi 14 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berishga muvaffaq bo'ldi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо