MLS klubi Shakirining transferiga 7 mln evro sarflaydi

Eldor Akmurzayev
6 fev 2022, 08:00
“Lion” yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri faoliyatini MLSda davom ettiradi.

Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Chikago Fayr” 30 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Transfer 7 mln evroga amalga oshishi kutilmoqda.

Jyerdan joriy mavsum Fransiya chempionatida 11 o'yinda qatnashib, 2+3 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano