Mirzohid G'ofurov: “Bizga g'alaba suv va havodek zarur edi”

Administrator
31 avg 2022, 00:39
Coca Cola Superligasi 17-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Mirzohid G'ofurov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Qizilqum”ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Aslida  bu yilgi chempionatda oson o'yinni o'zi bo'lmayapti.  Bizga ham g'alaba suv va havodek juda zarur edi. Shuni hamma birdek his qilib harakat qildik va Xudoga shukrki, yakunda g'alaba qozondik.

Kiritilgan g'alaba xususida

- Mashg'ulotlarda astoydil ishlab murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajargan holda g'alabani qo'lga kiritdik.

Jamoaning asosiy maqsadi haqida

- Mavsumni iloji boricha yuqoriroqda yakunlashni maqsad qilganmiz. Xudo xohlasa, albatta bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Bunga butun jamoamiz bilan ishonamiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia