Komilov "Neftchi"ni emas, "Navbahor"ni tanladi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025
"Qizilqum" himoyachisi Dilshod Komilov faoliyatini "Navbahor"da davom ettiradi.

Vaziyatga Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev oydinlik kiritdi. 

"Dilshod Komilov "Neftchi" short-listida bo'lgan va klub unga qiziqqan, biroq futbolchi Timur Kapadze tufayli "Navbahor"ni tanlagani aytilmoqda. Bundan tashqari, "So'g'diyona" ham Komilovni o'z safida ko'rishni xohlagan. 

Kapadze Komilovni "Lokomotiv" yoshlar jamoasidan beri yaxshi biladi", – deyiladi xabarda.

26 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum navoiyliklar tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia