

"Qizilqum" – "Neftchi" 0:4
04 aprel 2026 yil. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi. 2850 tomoshabin.
Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev, Alisher Rahimqulov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov.
Gollar: Zoran Marushich 18, - 0:1. Alisher Odilov 41, - 0:2 (Zoran Marushich). Zoran Marushich 51, - 0:3 (Alisher Odilov). Ikrom Aliboev 59 penalti, - 0:4.
❤️ "Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Shahzod Turopov (14.Alisher Shukurov, 60), 11.Oleksey Shchebetun, 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov (4.Ilhomjon Vahobov, 64), 23.Samandar Shukurullaev (44.G'iyosjon Rizaqulov, 75), 31.Jambuli Jigauri (30.Ozodbek Mo'ydinov, 75), 34.Grigol Chabradze (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 60), 70.Shohruz Norxonov, 77.Diyor Rahmatullaev.
Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 6.Murodali Usmonov, 10.Islom Kenjaboev, 19.Ilhom Kenjaev, .
🤍 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 71), 10.Jamshid Iskanderov (8.Vladimir Yovovich, 71), 20.Anvar G'ofurov (15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 64), 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov, 64), 23.Yovan Jokich (77.Ratino, 64), 32.Zoran Marushich, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 18.Stipe Perica, 21.Muhsin Ubaydullaev, 30.Rustambek Fomin, .
🟨 Ogohlantirishlar: Alisher Odilov 35, Grigol Chabradze 35.
4 apr 2026, 18:00
Qizilqum — Neftchi

0 – 4
Tugadi

MATNLI TRANSLYATSIYA
90+2. O'yin tugadi, “Qizilqum“ - “Neftchi“ 0:4
90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shildi
89. Zarba! Rahmatullaevning zarbasi noaniq ketdi
80. O'yin taqdiri hal bo'lgani uchun ikkala tomon ham ortiqcha urinayotgani yo'q. Ikkala jamoa murabbiylari zaxiradan yoshlarni tushirishdi va ularga o'yin amaliyotini berishmoqda.
75. O'zgarishlar. "Qizilqum". Shukurullaev va Jigauri o'rniga Rizaqulov va Mo'ydinov tushdi
72. ZARBAAAA! G'iyosovning zarbasini Rahmatov qaytardi, keyingi zarbani Jumaev berdi, yana Rahmatovdan seyv!
71. O'zgarishlar. "Neftchi". Ismoilov va Iskanderov o'rniga Yovovich va Jumaev tushdi
64. O'zgarish. “Qizilqum“. Bozorov o'rniga Vahobov tushdi
64. O'zgarishlar. "Neftchi". Jokich, Odilov va G'ofurov o'rniga Ratino, G'iyosov, Abdug'aniev tushdi
60. O'zgarishlar. "Qizilqum". Turopov va Chabradze o'rniga Shukurov va Jumanqo'ziev tushdi
59. GOL! IKROM ALIBOEV! Penaltidan Aliboev unumli foydalandi - 0:4.
55. UXX! Abror Ismoilov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, Bozorov uni yiqitgandi. VAR orqali bosh hakam “Qizilqum“ darvozasi tomon penalti belgiladi.
51. GOL! ZORAN MARUSHICH! Iskanderov-Odilov-Marushich kombinaciyasi gol bilan tugadi - 0:3. ⚽️
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+2. Birinchi taym tugadi, “Qizilqum“ - “Neftchi“ 0:2 🔜
45+1. ZARBA! Rahmatullaev belgilangan jarima to'pini noaniq amalga oshirdi
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi
41. GOL! ALISHER ODILOV! Marushichning to'p uzatishidan keyin Odilov birga bir vaziyatdan gol urdi - 0:2. ⚽️
35. 🟨 Alisher Odilov va Grigol Chabradze
30. ZARBAAA! Xavfli vaziyat! Shchebetunning to'p uzatishidan keyin Chabradze jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomonidan tegdi.
26. “Neftchi“da jarima to'pi, Ismoilov jarima zarbasi ishladi, Iskanderovning zarbasi ancha noaniq ketdi
18. GOL! ZORAN MARUSHICH! O'ng qanotdan Abror Ismoilov to'pni havolatib uzatdi, Alisher Odilovning darvozaga yo'llagan zarbasidan keyin Farhod Rahmatov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Marushich darvozaga yo'lladi - 0:1. ⚽️
14. ZARBA! Yovan Jokichning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi noaniq ketdi
11. ZARBAAAA! Chabradze o'ng qanotdan to'pni sheriklariga uzatdi, Norxonovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!
5. ZARBAAA! Shchebetun chaqqon harakatlar bilan jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, noaniq!
1. O'YIN BOSHLANDI❗️
-O'yin soat 18:00da boshlanadi.



