Mirlan Murzaev - Rossiyaga qarshi o'yin va "Navbahor"dagi o'yin amaliyoti haqida

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2022
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi va "Navbahor" klubi hujumchisi Mirlan Murzaev Rossiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan (1:2) so'ng fikrlarini bildirib o'tdi



"Bunday tajribali raqiblar bilan o'yinlar doim foydali bo'ladi. O'zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqardik. Umuman olganda taassurotlar yaxshi. Oldinga intilishda davom etamiz. So'nggi daqiqalarda nimadir etishmadi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Albatta, klubimda etarlicha o'yin amaliyoti olmayapman. Demak yanada astoydil ishlashim kerak. Mashg'ulotlarda har kuni o'zimni ko'rsatishim, isbotlashim zarur",- deydi Mirlan Murzaev. 



Ma'lumotu uchun Mirlan Murzaev ikkinchi davrada "Navbahor" safida 3ta uchrashuv o'tkazdi va maydonda jami 52 daqiqa harakat qildi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia