Mirjalol Qosimov: "Omadimiz keldi. Biroq yutib kyetishimiz ham mumkin edi"

23 apr 2026, 23:55
Superliganing 9-turi doirasida "Dinamo" - OKMK (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Asabiy va jangovar o'yin bo'ldi. Bizni qiziqarli o'yin kutayotgandi. Bir-biriga mos raqiblardan qiziqarli, ochiq o'yin kutayotgandik va shunday bo'ldi ham. O'yin ilk daqiqalardan to oxirigacha asabiy o'tdi. O'tgan o'yindagi kabi bugun ham standartlardan ikkita osongina gol o'tkazib yubordik. Birinchisi rikoshet, ikkinchisida esa yaxshi ijro. Agarda Mustafoev qizil olmaganida, barchasi yanada qiyinlashib kyetishi ham mumkin edi. Yigitlar o'zlariga ishonishdi. Balki o'yinda yutib kyetishimiz ham mumkin edi. So'nggi daqiqalarda Nodir Abdurazzoqovda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Agarda u o'sha vaziyatdan gol urganida g'alabani ilib ham ketardik. Bugun muxlislar uchun ham qiziqarli o'yin bo'ldi.

- O'tkazib yuborilgan gollardan ham ko'ra Siz so'nggi daqiqalarda ko'proq asabiylashdingiz.

- Siz ham erta-yu kech jamoa bilan yursangiz, ular bilan yashaysizda. Balki bu chetdan g'alati ko'ringandir. Yigitlar "Buxoro", "Andijon" kabi jamoalarga qarshi yomon o'ynashmadi. Bugun ham g'alabaga loyiq edik, biroz nimadir yetishmadi. Shu sababli har bir o'yinga alohida tayyorlanish kerak. Maydonga chiqqandan keyin o'zini o'zgartirish qiyin.

- Jamoaning o'tgan mavsumdagi yetakchilari saqlab qolinmadi. Yangi futbolchilarning dastlabki 10 turdagi o'yinlarini qanday baholaysiz?

- Bu ham qiziqarli soha, futbolning bir qismi. Jamoaga doim kimdir keladi, kimdir ketadi. Yangilarga talab qo'yiladi, o'rgatiladi, vazifani bajarish kerak. Eng keraklisi - jamoada shijoat, harakat bor. Bizga vaqt kerak. Yigitlar yomon o'yin ko'rsatmayapti. Eng muhimi - jamoada kurashuvchanlik, shijoat bor. Xatoni esa hamma qiladi.

- Bugun jamoa ko'plab qarshi hujumlar uyushtirdi. OKMK gol urishni juda qattiq istadi. Biroq jamoa futbolchilari maydonga moslasha olmagandek.

- Aytganimdek, har bir o'yinga alohida tayyorlanish kerak. Bu o'yin endi tarix. Lekin bundagi har bir element noodatiy. Birinchi goldagi rikoshet. Tanaffusda yigitlarga aytdim, birinchi bo'lim g'alabi o'tdi. Darvozabon maydonga moslasha olmadi, himoyachilar ham. Bu ham o'z so'zini aytadi. Balki biroz ishonchni cheklashi mumkin. Bir kun oldingi mashg'ulotlardan keyin yigitlarga bu stadion uchun temir tishli butsalarni kiyishni aytgandim. Futbolda barchasini tezda amalga oshirish qiyin. Masalan, ertaga maktabga boradigan o'quvchi bir kun oldin kechasi tayyorlanadi. Darslarning nomiga qarab kitoblarini oladi. Bu yerda men ham hal qila olmaydigan jihatlar bor. Ko'p narsa futbolchilarning ishtiyoqiga ham bog'liq. Qizil kartochka ham o'z-o'zidan kelgani yo'q. Maydonga tushgandan keyin barcha narsaga e'tiborli bo'lish kerak va faqatgina o'yinni o'ylash kerak.

- Garchi "Dinamo" qizil kartochkadan keyin to'pni ushlab turib, qarshi hujumlarda o'ynash taktikasida o'ynagan bo'lsa-da, jamoangiz bir necha qarshi hujumlarni o'tkazib yuborishdi.

- Amonov tezkor futbolchi. Tanaffusda futbolchilarga raqiblar ikki hujumchi bilan o'ynashini, hujumlarni qanot orqali amalga oshirishini aytgandim. Tanaffusda Ahmadullo Muqimjonovni maydonga tushirayotganda barchasini tushuntirgandim. Biroq uning foydali ish koefficienti juda past bo'ldi. U to'pni qabul qilib olgandan keyin hujumni rivojlantirishi kerak bo'lgandi. Shu sababli har bir o'yinga boshqacha yondashish kerak deb hisoblayman.

- 2:2 hisobini qanday baholaysiz? Bir tomondan olib qarasak, jamoa hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi tomondan esa jamoa ko'plab hujumlar uyushtirdi.

- Barcha o'yinlar shu tariqa o'tmaydi-ku.

- Ochko qo'lga kiritildimi yoki yo'qotildimi?

- Qo'lga kiritdik. Mustafoev qizil kartochka olmaganda barchasi boshqacha bo'lardi. Biz ko'p kuch yo'qotdik, g'alaba qozonsak bo'lardi. Oldinda uch kundan keyin o'yin, taqvim tig'iz.

- Vadim Abramovning aytishicha, raqiblariga omad kulib boqayotgan ekan. Raqib sifatida bu jamoaga qanday baho berasiz?

- Yaxshi jamoa. Ijrochilari bor.

- Omad keldimi?

- Balki, ha. Aytganimdek, bir epizod barchasini o'zgartirdi. Bunday narsalarni taxmin qilib bo'lmaydi. Bu futbol. Barchasi dinamikada, odamlarning xatosi orqali amalga oshadi. Kim ham xato qilmasligi mumkin. Eng asosiysi - ishtiyoq va oxirigacha kurashish.

- "Dinamo"ning ikkinchi golini sharhlovchi "Qosimov uslubidagi gol" deb tarifladi. O'zbek futbolida jarimadan gol urish Sizning mualliflik huquqingizga aylangan desak ham bo'ladi. Lekin so'nggi yillarda jarimadan gol uruvchilar kamayib ketgandek. Nega bunday bo'lmoqda?

- Bilmasam. Uradiganlar bor.

- O'tgan turda o'g'lingiz urdi.

- U ham rikoshet orqali. Hozir ham chempionatda bunday gollar ko'p. Bizning paytdagi gollar esa tasvirda qolmagan va yo'qolib ketgan.


Manba: championat.asia