

Ipsvichdagi "Portman Roud" stadionida kechgan bahs londonliklarning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yin boshida "Arsenal"ning 16 yoshli hujumchisi Maks Doumen hisobni ochdi. 16-daqiqada vinger Chukvunonso Madueke mehmonlarning ustunligini mustahkamladi. Ikkinchi taym boshida Doumen dubl muallifiga aylandi. 58-daqiqada esa Mikel Merino Maks Doumenning uzatmasidan so'ng londonliklarning to'rtinchi golini kiritdi.
Angliya liga Kubogi
“Ipsvich” - “Arsenal” 2:4
Gollar: Mexmeti 62, Akpom 90+1 - Doumen 7, Madueke 16, Doumen 47, Merino.



