

“Biz allaqachon Ibragimovichsiz ham vazifalarni uddalashimiz mumkinligini isbotladik. Shunda ham uning iloji boricha tezroq safga qaytishiga umid qilamiz, ammo bu transfer bozoridagi maqsadlarimizga ta’sir o'tkazmaydi.
Alexandro Gomes istedodli, lekin u “Atalanta”ga tegishli, biz esa ularning ishlariga arashmoqchimasmiz.
Agar bizda zarur holatda jamoani kuchaytirish imkoni bo'lsa, u holda bundan foydalanishga harakat qilamiz. Biroq, yanvarda yaxshi variantlar ko'p bo'ladi deb o'ylamayman”, deya qayd etgan Massara.



