"Milan" 2023/24 yilgi mavsum uchun libosini ko'rsatdi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2023
"Milan" kelasi mavsum uchun qizil va qora rangdagi uy libosini taqdim etdi.

Puma to'plami "rossoneri"ning ananaviy qizil va qora ranglarida tayyorlangan. Qayd etilishicha, futbolkadagi chiziqlarning o'ziga xos dizayni takrorlanuvchi "M" harfini yaratadi.

Libos "Milan va uning xalqi engilmas ruhi"ni namoyon qiladi.

"Milan" 4 iyun kuni "Verona"ga qarshi bahsda shu libosdan foydalanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com