Mikel Arteta London derbisidagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Khoja
24 apr 2024
Arsenal ustozi Mikel Arteta Chelsiga qarshi uchrashuvdan qoniqish hosil qilganini ma'lum qildi.

Bugungi o'yindan va o'yin natijasidan qoniqish hosil qildim. Gol o'tkazib yubormaganimiz ham joriy mavsum APLda ancha yaxshi o'yin ko'rsatayotganimizdan dalolatdir.

Birinchi bo'limda bazi epizodlarda etarlicha intizomli harakat qilmadik. Tanaffusda xulosalar chiqardik va o'zimizning futbolni ko'rsata boshladik. Shundan so'ng ikkinchi bo'lim ajoyib o'tdi, - dedi Arteta.


KhojaMuallif
Manba: championat.com