Mett Doerti: “Antverpen”ga qarshi bahs qanchalik muhim ekanligini bilardik

Aslanov Jasurbek
11 dek 2020
“Tottenxem” himoyachisi Yevropa Ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida “Antverpen”ga qarshi bahsdan (2:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu qiyin guruh edi. Odamlar qog'ozda bizda engil sayohat bo'lgan deb o'ylashi mumkin, ammo hammasi shunchaki oddiy emasdi. Biz professional sifatida qolishimiz va to'g'ri munosabatga ega bo'lishimiz lozim edi. Ushbu bahs yaxshi qur'a bo'lishi uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini bilardik”, - deydi Doerti.

J guruhidagi yakuniy holat:

1. “Tottenxem” - 13 ochko

2. “Antverpen” - 12 ochko

3. LASK - 10 ochko

4. “Ludogorec”- 0


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA