"Metallurg" PFK: Shkvirin "Metallurg"ni boshqarmaydi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2021, 20:34
Saytimizning "Eshitdik-da" rukni orqali Igor Shkvirin jamoa boshqaruvini qo'lga olishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

"Metallurg" PFK rahbariyatining ma'lum qilishicha, Igor Shkvirin jamoa boshqaruvini qo'lga oladi, degan xabar mutlaqo asossiz hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, "Metallurg" 21 oktyabr kuni Jasur Abduraimovni iste'foga chiqargan va 27 oktyabr kuni uning o'rniga ispaniyalik murabbiyni tanishtirgan edi.

Igor Shkvirin esa 25 oktyabr kuni o'z xohishiga ko'ra "Turon" bosh murabbiyligidan ketgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia