Messining raqami o'zgarishi omad keltirmadi. PSJ 2014 yildan beri ilk bor Fransiya Kubogi finalida o'ynamaydi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2022, 08:05
Fransiya Kubogi 1/8 finalida PSJ o'z maydonida “Nicca”ni qabul qildi.

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa mehmonlar 6:5 hisobida g'alabaga erishib, chorak finalga chiqdi.

Shu tariqa, parijliklar 2014 yildan beri ilk bor musobaqa finaliga yo'l ola bilmadi. Bungacha, jamoa 7 finalning 6 tasida muvaffaqiyatga erishgandi.

Eslatib o'tamiz, “Nicca” 1/4 finalda “Marsel”ga qarshi bahs olib boradi.

PSJ – "Nicca" 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo'yicha - 5:6

"Park de Prens"

PSJ – Donnarumma, Dagba (Simons, 80), Kimpembe, Kerer, Mendesh (Bernat, 80), Errera (Paredes, 46), Danilu Pereyra, Verratti, Draksler, Messi, Ikardi (Mbappe, 64).

"Nicca" – Bulka, Lotomba (Atal, 62), Dante, Todibo, Amavi, Budaui (Braimi, 75), Shnayderlin, Tyuram (Lemina, 75), Dolberg (Delor, 63), Guiri, Klyuyvert (Gessan, 90).

Penaltilar ketma-ketligi

1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 5:6.

Ogohlantirishlar: Danilu Pereyra (24), Guiri (29), Kerer (54), Budaui (60), Dagba (71), Shnayderlin (76), Todibo (77), Atal (79).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia