Messi va Suares asosiy tarkibda maydonga tushgan uchrashuvda “Inter Mayami” mag'lub bo'ldi

Khoja
23 yanv 2024
“Inter Mayami” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida “Dallas”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasida Xesus Fereyra tomonidan kiritilgan gol “Dallas”ga g'alabani taqdim etdi.

“Inter Mayami” safida uchrashuvning asosiy tarkibida Lionel Messi va Luis Suares harakat qildi. Har ikki hujumchi 64-daqiqada zaxiraga olindi.

Lionel Messi jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini “Al Xilol”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 29 yanvarga belgilangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com