Messi tarixda gollar va assistlar bo'yicha penta-trikka erishgan birinchi futbolchiga aylandi

Оқил Абдубарноев
8 may 2024
“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi “Nyu-York Red Bullz”ga qarshi o'yinda (6:2) beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mazkur harakatlari Messiga tarix yaratish imkonini berdi – u bir o'yin mobaynida beshta gol urgan hamda boshqa o'yinda beshta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi. 

Eslatib o'tamiz, Messi Chempionlar ligasi 2011/12 yilgi mavsumining 1/8 finalida "Bayer" darvozasiga beshta gol urgandi. O'sha uchrashuv "Barselona"ning 7:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan. 

Joriy mavsum 36 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Евро Футбол