Messi - PSJning "Leyptsig"ga qarshi o'yin uchun tarkibida yo'q

Alisher
2 noya 2021, 16:53
PSJ "RB Leyptsig"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 4-tur doirasidagi o'yin uchun tarkibni e'lon qildi.

Parijliklar qaydnomasidan hujumchi Lionel Messi o'rin olmadi.

34 yoshli argentinalik futbolchi "Lill" (2:1)ga qarshi o'yinda mushagida noqulaylik his qildi va murabbiy Maurisio Pochettino ehtiyot sabab uni almashtirdi.

Bundan tashqari, Messida tovon bilan bog'liq muammo ham bor. U bir kun oldin individual tarzda mashg'ulot o'tkazdi.

O'yinni shuningdek sog'ligi bilan bog'liq muammo sabab Serxio Ramos, Marko Verratti va Leandro Paredes o'tkazib yuboradi.

"Leyptsig" - PSJ o'yini ertaga bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside