Messi faoliyatidagi eng sevimli golini aytdi

Mirjalol Normatov
22 may 2025
"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi faoliyati davomida o'zi urgan eng sevimli golini tanladi.

"Faoliyatim davomida ko'plab gollar urganman. Lekin bular orasidagi eng muhimi, qadri balandi YCHLda "Manchester Yunayted" darvozasiga bosh bilan urgan golim", - dedi argentinalik.

Bu golni Messi 2009 yilgi YCHL finalida "Barselona"da o'ynab yurgan paytlarida kiritgan. O'shanda jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Rassom Refik Anadol sun'iy intellekt yordamida ushbu golni sanat darajasiga olib chiqadi va 11 iyun kuni aukcionda sotiladi. Bunda tushgan mablag' hayriyaga yo'naltiriladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: intermiamicf.com