Menez BAA klubiga o'tishni istamadi

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2016
"Milan" hujumchisi Jeremi Menez faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettirmoqchi emas.

L’Equipe nashri xabariga ko'ra, Abu-Dabi klublaridan biri fransiyalik futbolchiga qiziqib qolgan.

Shayxlar Jeremiga 2 yillik shartnoma va yiliga 4,5 mln. evro taklif qilishdi. Futbolchi hozir "Milan"da 2,5 million maosh oladi.

Oldinroq Menez "Gengam"ga rad javobini bergandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr