"Mehmonda g'alaba qozonish mavzusida master-klass". Skoulz - "Atletiko"ning MYU ustidan g'alabasi haqida

Alisher
16 mar 2022
"Manchester Yunayted" sobiq o'yinchisi Pol Skoulz manchesterliklarning CHL 1/8 final javob o'yinida "Atletiko"dan yutqazgani haqida gapirdi.

"Atletiko" bu kurashda himoyalanishga tayyor edi. Menga Simeonedan chiqayotgan ehtiroslarni kuzatish yoqadi. Mehmonda g'alaba qozonish mavzusida haqiqiy master-klass bo'ldi. 

MYU qaytishga urindi, ammo o'z o'yinida mahrat etishmayotganini sezdi va qurilgan devorni buzib o'ta olmadi. Aslida, Savich bilan Ximenes ushbu devorning g'ishtlari edi", - deydi Skoulz.

Ilk o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi. "Atletiko"ning raqibi 18 mart kuni bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com