Mbappe niqobi tufayli Niderlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Оқил Абдубарноев
21 iyun 2024, 00:15
22 iyun kuni Fransiya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati 2-tur o'yinida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, 1-turda fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening burni singandi. Bir kun avval u maxsus niqob kiygan holda mashg'ulotlarda qatnashgan. 

Manbaning xabar berishicha, Mbappe Niderlandiyaga qarshi o'yinda terma jamoa rangida yasalgan niqobini taqqan holda maydonga tusha olmaydi. 

Gap shundaki, UEFA qoidalariga ko'ra, niqob faqatgina bir xil rangda tayyorlanishi kerak. 

Avvalroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Mbappening bo'lajak o'yinda ishtirok etishi haqida gapirgandi. Niderlandiya va Fransiya o'rtasidagi o'yin 22 iyun kuni soat 00:00 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L'Equipe