Maurisio Pochettino: "Uembli"dagi 90 ming muxlis "Bayer" uchun katta muammoga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2016, 12:24
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Bayer"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi uchrashuvi haqida to'xtaldi.

"Biz aqlli o'yin ko'rsatishimiz kerak.

"Uembli" jamoani ilhmolantiradi - 90 ming muxlis raqib uchun katta muammoga aylanadi. Bu juda muhim, chunki ushbu bahs biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

"Bayer" - kuchli jamoa. Qiyin bo'ladi, ammo keyingi raundga o'tish uchun 3 ochko kerakligini yaxshi bilamiz" - deydi Pochettino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru