"Marsel" "Arsenal" o'yinchisini ijaraga olganini e'lon qildi

Alisher
30 iyul 2022
Fransiyaning "Marsel" klubi "Arsenal"dan himoyachi Nunu Tavareshni ijaraga olganini e'lon qildi.

Qayd etish kerakki, bitimda xarid qilish huquqi ko'zda tutilmagan.

Tavaresh "Arsenal"ning kelajakdagi rejalarida bor, shu sabab klub xarid qilish huquqini bitimga qo'shmadi. Portugaliyalik qap qanot mudofaasini yopa oladigan Aleksandr Zinchenko kelgani sabab klubdan kyetishga majbur bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" o'tgan yili "Arsenal"dan Mateo Genduzi va Vilyam Salibani ijaraga olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: om.fr