

“Uning qilayotgan ishi qoyilmaqom. Marokashliklar unga ishonishdi va u ularga javob qildi. Asosiy javobgarlikni unga yuklaganmiz, ammo uni sevamiz ham. U Braziliyadagi Neymar, Fransiyadagi Mbappe kabidir.
Hakim – eng yaxshi futbolchimiz. Ayrim murabbiylarning fikricha, barcha o'yinchilar bir xil munosabatga loyiq, lekin bu to'g'ri emas. Hakim shunchaki o'yinchi emas. Uni juda yaxshi ko'raman va xurmat qilaman, chunki u bunga loyiq. Ashraf Hakimi ham boshqa futbolchilar kabi. Ular terma jamoa uchun borini berishga tayyor ekanliklarini ko'rsatishdi”, deydi Regragi.
Eslatib o'tamiz, Marokash TJ mundial chorak finaliga chiqqan 4-Afrika vakiliga aylandi. Ularni oldinda 10 dekabr kuni Portugaliyaga qarshi bahs kutmoqda.




