Marko Asensio endi Turkiya klubi sharafini himoya qiladi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2025, 22:57
Ispaniyalik yarim himoyachi Marko Asensio faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

"Fenerbaxche" PSJdan Marko Asensioni sotib olgani haqida e'lon qildi. Futbolchi hamda turklar o'rtasidagi bitim "3+1" sexmasida tuzilgan.

Transfer 15 mln. evro evaziga amalga oshdi demoqda RMC Sport.

Asensio o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijarada "Aston Villa"da o'tkazib, 13 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia