"Fenerbaxche" Asensio uchun PSJga 15 mln evro taklif qildi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025
Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi PSJ klubiga Marko Asensio uchun 15 mln evro taklif etdi.

Manbalarga ko'ra, ular futbolchining 2026 yilda tugaydigan shartnomasining so'nggi yili uchun shuncha pul taklif qilishmoqda.

"L'Equipe" nashri xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" vakili Asensio bilan uchrashib, shartnoma shartlarini muhokama qilgan, klubning bosh murabbiyi Joze Mourinyu esa jamoaning chap qanotini kuchaytirmoqchi bo'lgani uchun muzokaralarda shaxsan ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, "Real" sobiq futbolchisi Saudiya Arabistoni variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Asensio o'tgan mavsum 37 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U mavsumning birinchi yarmini PSJda, ikkinchi yarmini ijara asosida "Aston Villa"da o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe