Markinos UEFAning yangi mukofoti Respect Award'ning ilk sohibiga aylandi

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 15:36
PSJ himoyachisi Markinos UEFA tomonidan tasis etilgan yangi "Respect: Beyond the Game Award" mukofotining ilk sohibi bo'ldi.

Bu haqda Chempionlar Ligasining qur'a tashlash marosimida e'lon qilindi.

Ushbu sovrin mehr-oqibat, qadr-qimmat, birdamlik va hamdardlik fazilatlarini namoyon etganlik uchun topshiriladi.

2.jpg

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi finalida (1:1, 4:3) "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes hal qiluvchi penaltidan unumli foydalana olmagach, Markinos vatandoshiga taskin berish uchun uning yoniga borgan edi.

32 yoshli braziliyalik o'rniga mukofotni marosimda PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi qabul qilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com