Markaziy Osiyo. "Qayrat" kubokni tark etdi, "Istiqlol" ochko yo'qotdi, Turkmanistonda esa 4 tur keyingi o'yinlar o'tkazildi

Оқил Абдубарноев
15 may 2025
Markaziy Osiyo mamlakatlari chempionatlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

QOZOG'ISTON

O'zbekistonlik futbolchilar

Odil Abdumajidov, Behruz Asqarov, Xurshid Muxtorov, Shahboz Umarov (barchasi – Turon)

Qozog'iston chempionatida 8-tur o'yinlari yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

Jenis – Qayrat – 1:2

Qiziljar – Ulitau – 2:1

Turan – Atirau – 1:0

Astana – Tobil – 1:3

Jetisu – Oqjetpes – 1:3

Ordabasi – Qaysar – 5:0

Aqtobe – Elimay – 1:0

Turnir jadvalida Qayrat 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bir o'yin kam o'tkazgan Aqtobe 4 ochko ortda qolgan holda eng yaqin taqibchi bo'lib turibdi.

To'purarlar ro'yxatida Qayratning yosh forvardi Dastan Satpaev va Astana hujumchisi Marin Tomasov 6 tadan gol urgan holda yetakchilik qilmoqda.

9-tur o'yinlari 17–18 may kunlari o'tkaziladi.

Shuningdek, mamlakat kubogining chorak final o'yinlari o'tkazildi. Chempionat turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Qayrat ushbu bosqichda ishtirokini yakunladi. 

Yarim finalda quyidagi juftliklar kuch sinashadi:

Qiziljar – Ordabasi

Tobil – Jenis

Yarim final bahslari 18 iyun sanasida bo'lib o'tadi.

TOJIKISTON

 O'zbekistonlik futbolchilar

Hamidullo Abduhakimov, Sardor Xursandov, Mirjalol Qosimov, Sanjar Rixsiboev, Diyor Shavqiev, Izzatilla Tursunov, Zoir Tursunov (barchasi – Esxata); Suxrob Berdiev, Bobur Qosimov, Abdujalil Manazarov, Mirzohid Mirzomahmudov, Jahongir Safarov, Sardor Saidov, Shahzod Shamsiddinov (barchasi – Istaravshan); Zafar Ismoilov (Hulbuk); Firdavs Abdusalimov, Asiljon Begimqulov, Islom Toshpo'latov (barchasi – Xo'jand); Ayubxon Alimov, Rustam Qo'chqorov (barchasi – Panjsher).

Tojikiston chempionatida 8-tur o'yinlari ortda qoldi. Istiqlol va Vaxsh o'rtasidagi markaziy o'yinda hisob ochilmadi. Mazkur ikki jamoa turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

To'purarlar jadvalida esa birato'la 4 nafar futbolchi beshtadan gol urgan holda yetakchilik uchun kurash olib bormoqda.

Shuningdek, 8-turga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko'rsatkichi e'lon qilindi. Unda eng yuqori ko'rsatkich 2050 nafar muxlisni tashkil etadi.

9-tur uchrashuvlari 16–18 may kunlari o'tkaziladi.

QIRG'IZ RESPUBLIKASI

O'zbekistonlik futbolchilar

Abdug'ani Kamolov (Abdish-Ata), Ismoil Abdurakhmonov, Sarvar Ablaev, Jamshid Kobulov, Eldor Mamatkazin, Mirzokhid Mamatxonov, Nuriddin Nuriddinov, Muhammadali Tursunov (barchasi – Alay); Azamat Maksumov, Timur Nabiev (barchasi – Asiagol); Dadaxon Yusupov (Ilbirs), Sherzod Abdullaev (Qirg'izoltin), Aziz Kosibxonov (Muras Yunayted), Farhod Mirahmadov, Sirojiddin Bashriddinov (Neftchi), Xushnud Bozorov, Rustam Quchqorov, Shohruhbek Muratov, Otabek Mo'minov, Ismoilxon Oxunxonov, Akmal Rahimov, Shukurjon Rustamjonov, Maradona Safarov, Behruz Shodmonov, Andrey Sidorov, Saidumar Sodiqov, Jasurbek Umrzoqov (barchasi – O'shSU-Aldier); Islom Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Jahongir Qushoqov, Javohir Sohibov (barchasi – O'zgan), Ulug'bek Sharipov, Nurmuhammad Toshpo'latov (barchasi – Talant).

Qirg'iz Respublikasi chempionatida 9-tur o'yinlari ortda qoldi. Turnir jadvalida Muras Yunayted peshqadamlik qilmoqda. Bir ochko ortda borayotgan Alay eng yaqin taqibchi hisoblanadi. 

To'purarlar jadvalida Neftchi hujumchisi Eldar Moldojunusov 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Qirg'izoltin hujumchisi Nurbol Baktibekov hisobida 5, Dordoy yarim himoyachisi Kimi Merkda 4 ta gol mavjud.

10-tur o'yinlari 15–18 may kunlari o'tkaziladi.

TURKMANISTON

Turkmaniston chempionatida taqvimga ko'ra 10-tur va undan so'ng negadir darhol 14-turning QOLDIRILGAN o'yinlari o'tkazildi. 10-turda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Marv – Ashxobod – 2:0

Shagadam – Nebitchi – 1:0

Kopetdag – Ahal – 0:3

 Hali yetib kelinmagan 14-turning qoldirilgan o'yinlarida esa quyidagi natijalar qayd etildi:

 Arkadag' – Nebitchi – 3:0

Kopetdag – Shagadam – 0:1

Turnir jadvalida 10 o'yindan 24 ochko jamg'argan Ahal peshqadamlik qilmoqda. Arkadag' 7 o'yinda 21 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia