APL uchun yangi Suares? Angliya grandlari "Sporting" hujumchisiga e'tibor qaratmoqda

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026, 13:55
"Sporting" markaziy hujumchisi Luis Suares joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda Portugaliyaning "Correio da Manhã" xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Liverpul" va "Nyukasl" 28 yoshli kolumbiyalik hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ular uni hujum chizig'i uchun qo'llab-quvvatlovchi sifatida ko'rib chiqmoqda.

Lissabon klubi rahbariyati ayni paytda asosiy o'yinchilaridan biri bilan xayrlashishga shoshilmayapti. "Sporting" hujumchini hech bo'lmaganda JCH-2026 oxirigacha saqlab qolishga umid qilmoqda.

Hujumchi Portugaliya klubiga 2025 yil yozida "Almeriya"dan kelib qo'shilgan. Uning transfer narxi taxminan 22,95 million evroni tashkil etgandi.

Suares ushbu mavsum jamoa tarkibida 42 o'yinda 33 ta gol va 6 ta golli pasga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Correio da Manhã