Marca: Mourinyo Kurtua uchun baribir pul olmoqchi

Tolibjon Qosimov
12 apr 2014, 15:23
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo "Atletiko" posboni Tibo Kurtua YCHL yarim finalida maydonga tushishiga baribir qarshi.
Kecha UEFAning Kurtua hech qanday muammolarsiz yarim final bahslarida ishtirok etishi mumkinligi haqida bayonot bergandi. Mourinyo esa "Atletiko"dan Kurtuaning "Chelsi"ga qarshi har bir o'yini uchun 3 million evro to'lashini istamoqda.

Agar shunday bo'lmasa, Mourinyo keyingi mavsumda Kurtuani "Atletiko"ga ijaraga bermaydi. Darvozabon London klubida Petr Chexning o'rinbosari bo'ladi, deb xabar bermoqda "Marca" nashri.

Eslatib o'tamiz, Kurtuaning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda tugaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru