"Manchester Yunayted"ning bazi futbolchilari Amorimning taktikasiga shubha bilan qaramoqda

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025, 17:15
MYUning aksariyat futbolchilari jamoaning hozirgi ustozi Ruben Amorim qo'llayotgan taktikaga shubha bilan boqmoqda.

"The Guardian" xabariga ko'ra, Manchester klubining bazi futbolchilari portugaliyalik mutaxassisning nafaqat taktikasiga, balki uning jamoani boshqarish qobiliyatiga ham shubha bilan qaramoqda.

Qayd etish joiz, "qizil iblislar"ning natijalari yaqin orada yaxshilanmasa, Amorim iste'foga chiqarilishi haqida gap-so'zlar kuchaymoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yaqinda Angliya Liga Kubogida to'rtinchi divizion vakili "Grimsbi"ga qarshi sensacion tarzda mag'lub bo'lgandi. APLning dastlabki ikki turida Amorim shogirdlari 1 ochkoga ega bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian