"Manchester Yunayted" yosh darvozabonini ijaradan qaytarib oldi
Tolibjon Qosimov
3 fev 2017
"Manchester Yunayted" jamoasi "Grimsbi"da ijara asosida to'p tepayotgan yosh darvozabon Din Xendersonni muddatidan oldin qaytarib oldi.
Bu haqda "BBC" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, bu qarorni "mankunianliklar" ustozi Joze Mourinyo qabul qilgan. U asosiy darvozabonlardan biri jarohat olib qolishi mumkinligini inobatga olmoqda.