"Manchester Yunayted" Onana borasida Kamerun bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
2 yanv 2024
"Manchester Yunayted"dagilar darvozabon Andre Onananing Afrika Kubogiga ketishini kechiktirmoqchi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, posbon 8 yanvar kuni Angliya Kubogi doirasida "Uigan"ga qarshi o'ynashi mumkin. Aslida u ushbu uchrashuvdan keyin termaga yo'l olishi kerak. Biroq mankunianliklar rahbariyati darvozabonning APL doirasida 14 yanvar kuni bo'ladigan "Tottenxem"ga qarshi o'yinda ham jamoada bo'lishini istamoqda. Shu sababli klub Kamerun FF bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kamerun termasining 15 yanvar kuni Gvineyaga qarshi o'yini bor. Onanada qita kubogi bo'ladigan Kot-d'Ivuarga yetib borish uchun 1 sutka vaqti bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Kamerun termasi C guruhidan o'rin olgan bo'lib, Gvineyadan tashqari Senegal va Gambiyaga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail