"Manchester Yunayted", "Nyukasl" va "Tottenxem" 18 yoshli Ebioveyni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
27 may 2022
"Derbi Kaunti" hujumchisi Malkolm Ebiovey bir necha APL klublari e'tiborini tortdi.

"Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Tottenxem" va "Kristal Pelas" 18 yoshli o'yinchiga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 1 million evroga baholamoqda.

Ebiovey joriy mavsum Chempionship doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail