

Ovoz berish orqali "Manchester Yunayted"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlandi. Unda Markus Reshford g'alaba qozondi.
Jahon chempionati munosabati bilan belgilangan tanaffus tufayli APL klublari uchun mavsum 21 dekabrdan davom ettirildi. Reshford qisqa vaqt ichida samarali harakatlari bilan ajralib turdi. U uchta uchrashuvning har birida gol urdi. Markus Liga Kubogi bahsida "Byornli" darvozasini ishg'ol qildi, shuningdek, APL doirasidagi "Nottingem Forest" (3:0) va "Velverxempton"ga (1:0) qarshi o'yinlarda g'alaba gollariga mualliflik qildi.



