"Manchester Yunayted" ikki o'yinchini sotib, 80 million evro ishlab topishni rejalashtirmoqda - Romano

Khoja
7 mar 2026, 09:50
"Manchester Yunayted" yozda hujumchilar Rasmus Xoylund va Markus Reshfordni sotib, 80 million evro ishlab topishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining YouTube-kanalidagi videoda ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Napoli" Xoylundni ijaradaga olish uchun allaqachon 6 million evro to'lagan. Bundan tashqari, Italiya jamoasi daniyalik hujumchini transferini to'liq sotib olish uchun "qizil iblislar"ga yana 44 million evro to'lashga tayyor.

Shuningdek, "Barselona" Reshfordni 30 million evroga sotib olishi kutilmoqda. Kataloniya klubi hujumchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo "Manchester Yunayted" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar hali davom etmoqda.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano