"Manchester Yunayted" Andre Onana bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
6 iyul 2023
"Manchester Yunayted" "Inter" darvozaboni Andre Onana bilan shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, mankunianlar "Inter" bilan muzokaralarni davom ettirishmoqda. Ular kamerunlik darvozabon bo'yicha ikkinchi taklifni berishdi, u 45 million evro va 5 millionlik bonusni o'z ichiga oladi.

Onana o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 36ta to'p olib chiqdi va 19 bor "quruq" o'yin o'tkazdi. Transfermarkt portali uni 35 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano