"Manchester Siti"ning yana bir futbolchisi yozda jamoani tark etadi

Khoja
21 avg 2025
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoani tark etishga yaqin.

Kelasi yozda shartnomasi yakuniga etadigan futbolchiga Yevropaning bir qator TOP klublari qiziqish bildirmoqda. Germaniyalik futbolchining o'zi ham o'yin amaliyotiga ko'proq ega bo'lish uchun "shaharliklar"ni tark etishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Gyundogan 2016-2023 va 2024-2025 yillar oralig'ida "Manchester Siti"da harakat qilgan. U jamoa safida jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va yana 47 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru